1. Muntazam tish tozalang
Kuniga ikki marta tish tozalash yuzaki dogʻlar toʻplanishini kamaytiradi.
2. Rangli ichimliklarni kamaytiring
Choy va qahvani meʼyorida iching va keyin suv iching.
3. Chekishni tashlang
Chekish tishlarda qora dogʻlar qoldiradi.
4. Trubochkadan foydalaning
Sovuq rangli ichimliklarni trubochka orqali ichish ularning old tishlar bilan aloqasini kamaytiradi.
5. Professional tozalash
Har 6 oyda tish toshini tozalash va silliqlash yuzaki dogʻlarni ketkazadi.
6. Qoʻshimcha muolajalar
Agar uyda oqartirish kapalaringiz boʻlsa, stomatologingiz tavsiya qilgan oraliqlarda qisqa qoʻshimcha muolajalar oʻtkazish mumkin.















